SSP va uning hududiy bo`linmalarining faoliyati ham tubdan o`zgaradi. Bu haqda Davlat rahbari tadbirkorlar bilan muloqoti davomida ma`lum qildi.
- tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shug`ullanadi;
- har bir tuman va shaharda ilg`or metodikalar asosida biznesga o`qitish maktablarini tashkil qiladi;
- hokim va boshqa hududiy rahbarlarga ko`rib chiqishi majburiy bo`lgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo`ladi;
- mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni o`tkazadi.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining o`ziga ham:
- Hukumatga ko`rib chiqishi majburiy bo`lgan masala kiritish;
- tadbirkor manfaatini ko`zlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma`muriy va jinoyat ishlari bo`yicha sud qarorlarini qayta ko`rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.
Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo`ysunuvidan to`liq chiqariladi.






