Rossiya Federasiyasining Ulyanovsk viloyati hududida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida Qirg`iziston fuqarolari vafot etgan edi.
Shu ayanchli avtohalokat munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarovga hamdardlik bildirdi. Bu haqda davlat rahbarining Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma`lum qildi.
Qardosh Qirg`iziston xalqiga chuqur ta`ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik so`zlarini etkazishni so`ragan, jabrlanganlar shifo topishini tilagan.






