Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan muloqoti davom etmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikkinchi toifa, ya`ni aylanmasi 1 milliard so`mdan oshib, umumiy soliq to`lash tartibiga o`tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig`ini 2 barobar kam to`laydi.
"Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga engilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi", dedi davlatimiz rahbari.
Prezident tez o`sib borayotgan yuqori salohiyatli o`rta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga etkazish zarurligini ta`kidladi.
Buning uchun, 2023 yil 1 yanvardan:
- kichikdan o`rta biznesga o`tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig`ining faqat 50 foizini to`laydi;
- mulkni sug`urta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;
- soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;
- davlat xaridlarida 20 foiz kvota o`rnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablag` to`lab beriladi (amalda 15 foiz).






