Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Prezident tadbirkorlikni soha vakillarini qo`llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo`nalishda tashabbuslarni bildirdi.
Birinchi yo`nalish – korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo`llab-quvvatlash bo`yicha alohida yondashuvni belgilash.
Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo`yicha toifalarga ajratiladi. Bular:
- 1 milliard so`mgacha bo`lgani – mikro biznes;
- 10 milliard so`mgacha bo`lgani – kichik biznes;
- 100 milliard so`mgacha bo`lgani o`rta biznes toifasiga kiradi.
Shundan kelib chiqib 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo`lgan stavkalari o`rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.
Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi.
Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so`m to`lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.






