Avval xabar qilganimizdek, bugun, 22 avgust kuni O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo`lib o`tmoqda.
Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoev tadbirkorlarga alohida murojaat qildi.
“Qonunchilik palatasiga ham murojaat qildik, kerak bo`lgan qonunlarniyam o`zgartiramiz. Bugungi ochiq muloqotda ham o`z takliflarimni aytaman. Bu takliflarimdan keyin savollar ham kamayadi, deb o`ylayman. Bu kimgadir yoqadi-yoqmaydi, men sizlarning birinchi advokatlaringman. Bepul advokat”, dedi prezident nuqtining boshida.
Uchrashuv davom etmoqda.






