AsosiyJamiyat

Xitoy - Qirg`iziston - O`zbekiston temir yo`li qurilishi uchun Xitoydan 80 nafar mutaxassis Qirg`izistonga kelib ish boshladi

'Xitoy - Qirg`iziston - O`zbekiston temir yo`li qurilishi uchun Xitoydan 80 nafar mutaxassis Qirg`izistonga kelib ish boshladi'ning rasmi

Xitoy loyihalash institutining 80 nafar mutaxassisi Qirg`izistonga kelib, Xitoy - Qirg`iziston—O`zbekiston temir yo`li qurilishi uchun texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash bo`yicha ishlarni boshladi

Qirg`iziston rahbariyati loyihani tezroq amalga oshirishga qat`iy e`tibor qaratmoqda va imkon qadar tezroq texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqish uchun barcha sa`y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Eslatib o`tamiz, temir yo`l qurilishi to`g`risidagi bitim sentabr oyida ShHT sammitida imzolanishi rejalashtirilgan.

Ushbu magistral Xitoy temir yo`llarini O`zbekiston bilan bog`lab, so`ngra Afg`oniston, Eron va Turkiyaga chiqish imkoniyatini yaratadi. Loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyoni muhim tranzit yo`liga aylantiradi.

    Boshqa yangiliklar