AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bu hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda bu hafta ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Hafta davomida ob-havo qulay bo`ladi. Bu haqda “O`zgidromet” xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, o`tgan dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Ural (Rossiya) hududidan salqin havo massasi kirib keldi. Havo harorati kechalari 10-15° gacha, kunduz kunlari 25-30° gacha pasaydi.

Bugun va hafta davomida O`zbekiston bo`yicha avgust oyining oxirigi o`n kunligi uchun me`yoriy qiymatlarga yaqin bo`lgan qulay harorat bilan asosan ochiq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari harorat 12-17° dan yuqori bo`lmaydi, haftaning birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30° atrofida bo`ladi, ish haftasining oxiriga kelib harorat 31-34° gacha biroz ko`tariladi.

Bugun va ertaga respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar