Prezident Shavkat Mirziyoev shu hafta Samarqandga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov haftalik an`anaviy brifingda ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, boshlangan haftada prezidentning ish jadvali juda tig`iz.
Jumladan, bugun, 22 avgust kuni davlat rahbari tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o`tkazadi. Shuningdek, AQSh Kongressi a`zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, hafta davomida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish maqsadida prezidentning Samarqand viloyatiga borishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, davlat rahbari hafta davomida mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag`ishlangan qator yig`ilish va muhokamalarni o`tkazadi.






