Rio-de-Janeyro Olimpiya o`yinlarida ishtirok etib, kumush medal sohibi bo`lgan AQShlik kamonchi Breydi Ellisonni hamma Leonardo Di Kaprio deb qabul qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Aktyor va sportchining bir-biriga o`xshashiga Cosmopolitan jurnali e`tibor qaratgan.
“Leonardo Di Kaprioning egizagi Olimpiadada ishtirok etmoqda. U yana bitta “Oskar”ni emas, oltin medalni qo`lga kiritishga harakat qilmoqda”, deb yozadi material muallifi.
Ellison o`z jamoasiga kamondan o`q otish bo`yicha jamoa birinchiligida kumush medalni yutib olishda yordam berdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aktyor va sportchining o`xshashligini qizg`in muhokama qilishdi.





