20 avgust kuni AQSh Kongressi delegasiyasi O`zbekiston—AQSh hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Qayd etilishicha, tashrif davomida delegasiya Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbariyati, shuningdek, respublika vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi. Shuningdek, O`zbekistonning tarixiy va madaniy merosi bilan ham tanishadi.
Ma`lumot uchun, ushbu tashrif AQSh Kongressi a`zolarining 2017 yildan buyon O`zbekistonga ettinchi tashrifidir. Ikki partiyadan iborat amerikalik qonunchilar guruhi 2021 yilda O`zbekistonga ikki marta tashrif buyurgan bo`lib, ulardan biriga demokrat kongressmen, Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo`mitasi raisi Gregori Miks boshchilik qilgan.






