AsosiyJamiyat

1 sentyabrdan O`zbekiston bo`ylab sayohat qilganlarga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi

'1 sentyabrdan O`zbekiston bo`ylab sayohat qilganlarga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi'ning rasmi

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Soliq qo`mitasi hamkorligida "Keshbek" tizimi taqdim etiladi.  Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma`lum qildi. 

Mazkur tizimga ko`ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab "O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!" dasturi doirasida "Sayohat qil va keshbek ishla" shiori asosida respublika hududlari bo`ylab ichki sayohatlarni amalga oshirgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi!

"Sayohat uchun keshbek" platformasi bilan ishlash uchun Soliq.uz mobil ilovasini yuklab olinadi. 

  • mobil ilova xizmatidan foydalanish uchun FaceID  orqali shaxsingizni tizimda tasdiqlaysiz;
  • sayohat yo`nalishini va boshlanish sanasini tanlaysiz;
  • keshbeklarni yig`ish uchun fiskal cheklarni skanerlash orqali avia, temir yo`l yoki avtobus biletlarini ilovaga kiritasiz;
  • maroqli sayohatdan so`ng "Sayohatni tugatish" tugmasini bosasiz va yig`ilgan keshbek summalarini shaxsiy mahalliy bank plastik kartasiga o`tkazasiz.

 

Keshbek tizimi Davlat soliq qo`mitasining maxsus mobil ilovasi (Soliq.uz) bilan integrasiya qilingan bo`lib, xarajatlar haqqoniyligi mobil ilova yordamida tekshirilib, xarid chekining shtrix kodini (QR-kod) hamda mahalliy turistlarning doimiy yashash joylarini ko`rsatish orqali sayohatlar ro`yxatdan o`tkaziladi.

Sayohat xarajatlarini qaytarish sayohat qilish davomida bir vaqtning o`zida quyidagilar nazarda tutilganda amalga oshiriladi:

  • avia, temir yo`l va avtobusdan foydalanish;
  • joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanish;
  • madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurish.

 

Sayohat xarajatlarini qaytarish har bir turistga quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

  •  aviaqatnov orqali borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 150 ming so`mdan oshmagan miqdorda;
  • temir yo`lda yoki avtobusda borib-kelish chiptasi narxining 15 foizi, lekin 80 ming so`mdan oshmagan miqdorda;
  • joylashtirish vositasida tunab qolish xarajatining 15 foizi, lekin 80 ming so`mdan oshmagan miqdorda;
  • teatr, muzey, sirk va badiiy galereyalarga har bir tashrif chiptasi narxining 50 foizi, lekin 20 ming so`mdan oshmagan miqdorda.

Sayohat xarajatlari faqatgina platforma orqali amalga oshirilgan ichki sayohatlar uchun uning yakuni bilan mahalliy turistlarning bank kartalariga qaytariladi.

    Boshqa yangiliklar