AsosiyJamiyat

"Captiva 5" masalasida Antimonopoliyaning qo`li baland kelmoqda – Rasul Kusherbaev

'"Captiva 5" masalasida Antimonopoliyaning qo`li baland kelmoqda – Rasul Kusherbaev'ning rasmi

Monopoliyaga qarshi qurashish qo`mitasining Iste`molchilar huquqlari bo`yicha maxsus komissiyasi fuqaroga "Captiva 5" avtomobilini etkazib berish va penya to`lash haqida qaror qabul qilib, "Sitora avto savdo" MChJga ijro etish uchun ko`rsatma qilib yuborgan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev ma`lum qilmoqda.  

Deputatning ma`lum qilishicha, monopolist "O`zavtoMotors"ga orqa qilgan holda ushbu MChJ Savdo sanoat palatasi orqali bu qaror ustidan sudga ariza kiritgan. Biroq bu safar sud uning arizasini qanoatlantirishni rad qilgan.

"Agar qaror qonuniy kuchga kirsa diller qanday bo`lmasin "Captiva 5" avtomobilini fuqaroga etkazib berishiga to`g`ri keladi. Biroq qonunlarni tan olmay, iste`molchilarni oyoqosti qiladigan, Prezident topshiriqlarini ham  bajarmaydigan monopolist O`zbekistonda sud qarorlarini tan oladimi yo`qmi hamma gap shunda. Ko`ramiz...", deydi xalq vakili.

Ma`lumot uchun: "O`zavtoMotors" bir guruh dilerlar orqali fuqarolarning ishonchiga kirib, "Captiva 5" avtomobillari uchun oldindan pul olib, avtomobillarni etkazib bermagan.

    Boshqa yangiliklar