Italiya chempioni – “Yuventus” jamoasining muxlislari klubning yangi hujumchisi Gonsalo Iguainning jismoniy holatidan tashvishga tushmoqda.
Jamoa muxlislari argentinalik futbolchining “Vest Xem”ga qarshi o`yinida ortiqcha vaznga ega bo`lganini payqadi va bundan tashvishga tushdi. Uning hozirgi jismoniy holati ko`plab bahs-munozaralarga sabab bo`lmoqda.
Eslatib o`tamiz, “keksa sinora” 28 yoshli hujumchini “Napoli”dan 90 million evro evaziga sotib olgandi.





