AQShning San-Fransisko shahridagi xiyobonlardan birida pokemon yig`ayotgan talaba yigit otib o`ldirilgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
20 yoshli Kelvin Rayli shahar xiyobonlaridan birida, mobil telefonlarda mashhur bo`lgan Pokemon Go ni o`ynayotganda, uning ortidan kelgan noma`lum shaxs elkasiga o`q otgan. Yigit voqea joyida halok bo`lgan. Jinoyatchi esa qochib ketgan. Polisiya jinoyatchining izidan tushgan. Halok bo`lgan yigitning do`stlari ular Pokemon Go o`ynayotganlarida hech kim bilan janjallashmaganliklarini, ammo o`yin paytida shubhali shaxs ularni kuzatib turganligini, o`yin bilan band bo`lganlaridan bunga e`tibor bermaganliklarini ma`lum qilgan.
Hozirda polisiya qotillikning Pokemon Go o`yiniga aloqasi bor-yo`qligini surishtirmoqda.
Bu o`yinni dunyo bo`yicha millionlab foydalanuvchilar o`z telefonlariga yuklab olishganiga qaramay, Pokemon Go musulmon mamlakatlarida taqiqlangan.





