Kelgusi o`quv yilidan boshlab Qozog`istondagi deyarli barcha maktablar besh kunlik ish formatiga o`tadi. Bu haqda “Tengrinews.kz” mamlakat ta`lim vaziri Asxat Aymagambetovga tayanib xabar berdi.
"Biz kelasi yildan boshlab barcha maktablarni besh kunlik ish formatiga o`tkazishga qaror qildik. Bu maktab direktorlari, o`qituvchilari va barcha xodimlarga tegishli. O`qituvchilar shanba kuni dam olishlari kerak, shanba kuni o`z farzandlari bilan qolishlari kerak" – degan vazir.
Aymagambetovning ta`kidlashicha, bu ta`til to`loviga ta`sir qilmaydi. Ta`til vaqti – 56 kun – o`zgarishsiz qolmoqda.
Vazir direktorlardan shanba kuni metod kunlarini o`tkazmaslikni yoki "boshqa yo`l bilan o`qituvchilarni ishga taklif qilishga urinmaslikni" so`ragan.






