AsosiyJamiyat

Bugun poytaxtning ayrim tumanlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi

'Bugun poytaxtning ayrim tumanlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi'ning rasmi

"Hududgaz Poytaxt"ning ma`lum qilishicha, bugun poytaxtning ayrim tumanlarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Jumladan, Uchtepa tumani Istirohat ko`chasidan o`tgan o`rta bosimli D-530 mm er osti gaz quvurini kuz-qish mavsumiga shay holga keltirish maqsadida, bugun soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Uchtepa tumani Istirohat ko`chasida, Toshkent kichik xalqa avtomobil yo`li ko`chasida, Degrez ko`chasida, Shayxontohur tumanining “Katta hovuz”, “Yangishahar”, “Jalilobod” mahallalarida, Qo`rg`oncha, Istirohat, Ko`kcha darvoza, Ranniy ko`chalarida, “S-26” mavzeda, “S-3” mavzeda joylashgan Suv isitish qozonxonasida hamda yuqorida ko`rsatib o`tilgan manzillardagi ulgurji tashkilotlarda gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Shuningdek, Yunusobod tumani Namangan ko`chasida joylashgan gaz quvurini mavsumga tayyorlash maqsadida bugun soat 10:00 dan 18:00 gacha ta`mirlash ishlari olib boriladi. Shu vaqt oralig`ida Namangan, Gulchilar, Namangan 1-tor ko`chalarida gaz ta`minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanishi aytilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar