Quyoshda turli xil quvvatdagi bir qator chaqnashlar sodir bo`ldi, buning natijasida kosmosga milliardlab tonna plazmaning ulkan oqimi chiqqan. U Er tomon yaqinlashmoqda. Bu haqda Zamon.uz sayti yozmoqda.
Plazma oqimi geomagnit bo`ronga sabab bo`ladi.
Qayd etilishicha, bu radioaloqa va GPS tizimlarining ishlashida uzilishlarga olib keladi.
Bundan tashqari, mutaxassislar quyosh faolligi oshishini taxmin qilmoqda. 2024-yil oxirida Quyoshdagi eng kuchli otilishlar yuz berishi kutilyapti.






