AsosiyJamiyat

Bosh prokuraturada er to`g`risidagi qonun buzilishi holatlari aniq raqamlarda ko`rsatildi

'Bosh prokuraturada er to`g`risidagi qonun buzilishi holatlari aniq raqamlarda ko`rsatildi'ning rasmi

Kuni-kecha Bosh prokuraturada er to`g`risidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish bo`yicha Respublika kengashining videoselektor shaklidagi navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.

Yig`ilishda Respublika kengashi a`zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari, prokurorlar, ichki ishlar, soliq idoralari rahbarlari va hududiy kengashlarning boshqa a`zolari hamda tuman - shahar sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Kengash yig`ilishi tanqidiy ruhda o`tkazilib, unda er bilan bog`liq noqonuniy holatlar hududlar kesimida, aniq raqam va misollar asosida ko`rsatib berildi.

Shuningdek, er maydonlaridan samarali va oqilona foyda-lanishni ta`minlash bo`yicha ko`rilayotgan choralar hamda belgilangan vazifalar ijrosi ahvoli muhokama qilindi.

Respublika kengashi a`zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat va tuman - shahar hokimlarining hisobotlari, tushuntirish va izohlari eshitildi.

Bundan tashqari, erlarni talon - toroj qilinishining oldini olish hamda uni muhofaza qilinishini ta`minlash tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda hududiy hokimlar va ularning sohaga mas`ul o`rinbosarlari qonunning buzilishiga yo`l qo`ymaslik to`g`risida qat`iy ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar