O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni mamlakatimizning yuksak mukofoti – "Oliy darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan mukofotladi.
Ma`lumki, bu orden yaqinda, O`zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 avgustdagi qonuniga muvofiq ta`sis etildi. U bilan ilm-ma`rifatni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlari merosini o`rganish va keng targ`ib qilishdagi alohida xizmatlari uchun olimlar, tadqiqotchilar, adiblar, shuningdek, xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari mukofotlanadi.






