Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz shahar maktabgacha ta`lim bo`limi xodimi pora bilan qo`lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi xabar bermoqda.
U nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasiga subsidiya mablag`lari yo`naltirib berish evaziga 400 AQSh dollari talab qilib, olgan vaqtida ushlan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.






