AsosiyJamiyat

Mavsumiy muammo: Sirdaryo va Buxoroda yana o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarliklar fosh etildi

'Mavsumiy muammo: Sirdaryo va Buxoroda yana o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarliklar fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sardoba tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Sardoba va Olot tumanlarida o`qishga kiritib qo`yish bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Fuqaro F.Sh. boshqa bir fuqaro H.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Guliston davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Olot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar N.H. va S.B. fuqaro Z.ning qizini Buxoro tibbiyot texnikumiga o`qishga kiritib qo`yishni 800 AQSh dollariga kelishib, shundan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanganlar, shuningdek tadbir davomida ushbu fuqarolar Z.ning to`ng`ich qizini ham texnikumga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 500 AQSh dollarini olganligi aniqlanib, 200 AQSh dollarini qaytarganliklari prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar