AsosiyJamiyat

6 oyda 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatilgan. Ulardan 3 nafari qasamyodini buzgani aytildi

'6 oyda 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatilgan. Ulardan 3 nafari qasamyodini buzgani aytildi'ning rasmi

Kecha, 17 avgust kuni AOKAda Sudyalar oliy kengashi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida "Sudyalar korpusini shakllantirish: ochiqliq, shaffoflik va natijalar" mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, ayni paytda Respublika bo`yicha sud tizimida sudyalik lavozimida ishlayotgan sudyalar soni 1278 nafarni tashkil etadi; Shundan 174 nafari ayol sudyalardi, ularning 26 nfari rahbar sudyalik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.

2022 yil yarim yiligida Sudyalar oliy kengashi tomonidan jami 41 nafar sudyaning vakolati muddati ilgari tugatilgan. Shundan o`z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan sudyalar soni   21 nafar, arizasi hamda odil sudlovni amalga oshirish chog`ida qonuniylikni buzganligi uchun 12 nafar, odil sudlovni amalga oshirish chog`ida qonuniylikni buzganligi, sud ishini tashkil etishda beparvolik va intizomsizlikka yo`l qo`ygani uchun 1 nafar, qasamyodni buzganligi sababli 3 nafarni tashkil qiladi. Bundan tashqari 227 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.

2021 yilda vakolat muddati tugagan 12 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topilgan bo`lsa, 2022 yilda 6 nafarni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar