Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi do`konlardan birida yong`in sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi.
FVVning ma`lum qilishicha, yong`in 18 avgust kuni soat 1:57 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Vatandosh” MFY Tuzel 2-dahasida joylashgan ko`p qavatli uyning 1-qavatida atir-upa savdo do`konida sodir bo`lgan. Do`konning 35 kv.m va uniga tutash bo`lgan 2 ta MChJning 15 kv.m maydonda ofis uchun mo`ljallangan xona jihozlari yonib zararlangan.
Yong`inni bartaraf etishga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Ekipajlar hodisa joyiga soat 01:59 da etib borgan va yong`in soat 02:10 da o`chirilgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida savdo do`konining 60 kv.m. maydoni, MChJlarning 90 kv.m. maydoni yong`indan saqlab qolingan.
Yong`in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.





