Qozog`istonda endi yangi o`quv yilidan boshlab birinchi sinf o`quvchilari rus va ingliz tillarini o`rganmaydi.
Ta`kidlanishicha, maxsus tadqiqotlar natijalari birinchi sinf o`quvchilari uchun bir vaqtning o`zida uchta tilni o`rganish qiyinligini ko`rsatgan. Shu munosabat bilan ta`lim davlat tilida olib boriladigan maktablarda darslarni faqat qozoq tilida olib borish to`g`risida qaror qabul qilingan.
Bu haqda Qozog`iston ta`lim vaziri Asxat Ayagambetov ma`lum qilgan, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
Qayd etilishcha, shu bilan birga, rus tilidagi maktablarda qozoq va rus tillari o`qitilishi davom ettiriladi.
Ingliz tilini o`rganish uchinchi sinfdan boshlab yo`lga qo`yilishi rejalashtirilgani aytiladi.






