Bugun 17 avgust kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o`chirildi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
"Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini etkazib berilishini ta`minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:
Yashnobod tumanining: Ohangrabo, Moynoq, Mumtoz, Visol, Uysozlar, Oqdaryo hamda Oq uy ko`chalari;
Yakkasaroy tumanining: H.Sulaymonova mahallasining Minglar hamda Mirobod 1-tor ko`chalarida yashovchi aholi xonadonlarida hamda kichik tadbirkorlik subektlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o`chirildi" deyiladi xabarda.
Sababi, iste`molchilarga elektr energiyasini sifatli hamda ishonchli etkazib berish, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan avariyali uzilishlarni oldini olish, kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida, hamda tuman elektr ta`minoti korxonalari tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish, joriy hamda mukammal ta`mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.
Ma`lum qilinishicha, ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi tuman elektr ta`minoti korxonalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko`rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» AJ mazkur ta`mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste`molchilardan uzr so`radi.
17.08.2022 06:06
Toshkentning Yakkasaroy va Yashnobod tumanlari ayrim ko`chalarida elektr energiyasi o`chirildi






