AsosiyJamiyat

Rossiya va AQSh o`rtasida yadroviy urush ro`y bersa, Er yuzida 5 milliarddan ortiq odam halok bo`lishi mumkin

'Rossiya va AQSh o`rtasida yadroviy urush ro`y bersa, Er yuzida 5 milliarddan ortiq odam halok bo`lishi mumkin'ning rasmi

Nashrda keltirilishicha,  AQSh va Rossiya va ularning ittifoqchilari o`rtasidagi yadro urushi dunyodagi yadro arsenalining 90% dan ortig`idan foydalanishga olib kelishi mumkin.

8 ga yaqin turli yo`nalishdagi ishonchli model mahsulotlari ssenariylariga ko`ra, yadroviy portlashlar oqibatida atmosferaga 165 million tonnadan ortiq iflos moddalar chiqariladi, bu butun sayyorada iqlimning sovish jarayonini tezlashtirib, ''yadro qishini'' keltirib chiqaradi.

Shu bilan birga, 360 million kishi to`g`ridan-to`g`ri yadroviy zaryadlarning portlashi natijasida nobud bo`lsa, 5 milliarddan ortiq insonlar iqlim kolapsi natijasida, oziq-ovqat mahsulotlari inqirozi, ochlik qurboniga aylanishlari aytilgan.

Masalan, Hindiston va Pokiston o`rtasida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yadroviy urushning o`zi olimlar prognozi bo`yicha 2 milliard odamning o`limiga olib kelishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar