Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida ikkita arxeologik yodgorlikka ziyon etkazilgani aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida joylashgan X-XII asrlarga oid «Chordangitepa» arxeologiya yodgorligining bir qismi fuqaro M.F. tomonidan buzib tashlanib, o`rnida uy-joy qurib yuborilgani va davlat manfaatlariga 315 mln so`mlik zarar etkazilgani aniqlangan.
Bundan tashqari, Samarqand tumanidagi VI-VII asrlarga oid «Nomsiztepa» arxeologiya yodgorligi bir qismi noma`lum shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida, davlat manfaatlariga 1,5 mlrd so`mlik juda ko`p miqdorda zarar etkazilgan.
Tekshirish natijalariga ko`ra, jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






