AsosiyJamiyat

Mirziyoev Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifi bilan Saudiya Arabistoniga boradi

'Mirziyoev Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifi bilan Saudiya Arabistoniga boradi'ning rasmi

Davlat tashrifi 17-18 avgust kunlari bo`lib o`tishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda O`zbekiston etakchisi matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga muvofiq, Jidda shahrida oliy darajadagi O`zbekiston-Saudiya sammitining asosiy tadbirlari bo`lib o`tishi kutilmoqda. 

"Muzokaralar kun tartibidan mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investisiya, energetika, moliya sohalarida va madaniy-gumanitar yo`nalishda yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o`rin olgan.

Alohida e`tibor “yashil” iqtisodiyot, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, tibbiyot, kichik biznes va tadbirkorlik sohalarida qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirishga qaratiladi",-deyiladi xabarda.

Sammit yakunida ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to`plamini imzolash rejalashtirilgani aytiladi. Tashrif dasturida Saudiyaning etakchi kompaniyalari, nufuzli xalqaro tuzilmalar – Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashuvlar ham ko`zda tutilgan.

Tashrif chog`ida davlatimiz rahbari Makka va Madina shaharlarini ziyorat qilishi ham kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar