AsosiyJamiyat

22-27 avgust kunlari Toshkentda O`zbekiston Futbol federasiyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir bo`lib o`tadi

'22-27 avgust kunlari Toshkentda O`zbekiston Futbol federasiyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasining sobiq prezidenti Mirabror Usmonov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir bo`lib o`tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ushbu xalqaro xotira musobaqasida O`zbekiston, Tojikiston, Eron va Yaponiya o`smirlar terma jamoalari (U-16) ishtirok etadi.

Tojikistonning "Xovar" Milliy axborot agentligi xabariga ko`ra, turnir 22-27 avgust kunlari Toshkentda bir davrali tizimda o`tkaziladi. O`yinlar “Jar”, “Lokomotiv” va “Paxtakor” stadionlarida bo`lib o`tadi.

Mirabror Usmonov xotirasiga bag`ishlangan xalqaro turnir – 16 yoshgacha bo`lgan o`smirlar o`rtasida 1-tur:

22 avgust

18:00 – O`zbekiston – Eron. «Jar» stadioni

23 avgust

16:00 – Tojikiston – Yaponiya. «Lokomotiv» stadioni

2-tur:

25 avgust

16:00 – Eron – Tojikiston.  «Jar» stadioni

18:00 – Yaponiya – O`zbekiston. «Paxtakor» stadioni

3-tur:

27 avgust

16:00 – Yaponiya – Eron. «Jar» stadioni

18:00 – O`zbekiston – Tojikiston. «Paxtakor» stadioni.

    Boshqa yangiliklar