AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways Parijga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ymoqda

'Uzbekistan Airways Parijga muntazam aviaqatnovlarni yo`lga qo`ymoqda'ning rasmi

Uzbekistan Airways Fransiyaning Parij shahriga muntazam qatnovlari uchun o`z eshiklarini ochadi, deya xabar bermoqda kompaniya axborot xizmati. 

Joriy yil 26 avgustdan boshlab yana Uzbekistan Airways bilan haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari Parijga sayohat qilishingiz mumkin.

Toshkent – Parij yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 4 038 862 so`mdan (bagajsiz) va 4 777 879 so`mdan (bagaj bilan), Toshkent – Parij – Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 7 582 047 so`mdan (bagajsiz) va 8 772 182 so`mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Eslatib o`tamiz, bundan oldin 2022 yil 29 apreldan boshlab 10 iyungacha haftada ikki marta: seshanba va juma kunlari Parijga aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar bergan edik. Oradan qariyb 2 oy o`tib bu qatnovlar yana tiklanmoqda.

    Boshqa yangiliklar