AsosiyJamiyat

Sergeli tumanida 3 800 AQSh dollari evaziga 600 mln. so`m kredit olib bermoqchi bo`lgan fuqaro ushlandi

'Sergeli tumanida 3 800 AQSh dollari evaziga 600 mln. so`m kredit olib bermoqchi bo`lgan fuqaro ushlandi'ning rasmi

Sergeli tumanida kredit olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.R. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bank muassasasidan 600 mln so`m kredit olib berishi evaziga 3 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar