Farg`ona shahar IIB navbatchilik qismiga xususiy tadbirkor ariza bilan murojaat qilib, o`zining “Damas” rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Marg`ilon ko`chasida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida avtomashinani olib qochganlikda gumonlanayotgan shaxs Marg`ilon shahrida yashovchi 41 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





