“Ayrildim”, “Pari-pari”, “Kechikish”, “Qaramading” kabi ko`plab xit taronalari bilan muxlislar qalbini zabt etgan xonanda Bahrom Nazarov “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bilan qarindoshligi haqidagi savolga javob berdi:
“Ustozim Ozodbek Nazarbekovga 18 yoshimda shogird tushganman. Shuncha yildan buyon ular menga qarindoshdan ham yaqinroq bo`lib ketgan. Ular men uchun bir ustoz qilishi mumkin bo`lgan barcha yaxshilikni qilib kelmoqdalar. ‘Istiqlol’ san`at saroyida ikki kunlik konsert dasturimning tayyorgarlik jarayonlaridan toki konsert yakuniga qadar dalda bo`lib, kamchiliklarimni ko`rsatib, har tomonlama qo`llab-quvvatlab turdi. Bu insondan umrbod qarzdorman, bu qarzni uza olmasam kerak”.





