Italiyaning “Milan” klubi sobiq a`zosi, ayni damda Fransiyaning “Bordo” jamoasi hujumchisi Jeremi Menez “Loryan”ga qarshi o`rtoqlik o`yinida futbolda kam uchraydigan jarohatlardan birini oldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 29 yoshli futbolchi 77 daqiqada raqib futbolchisi bilan to`qnashib ketdi. Menez yiqilgan vaqtda raqib futbolchisi butsasi bilan uning boshini, aniqrog`i esa, qulog`ini tilib ketdi.

Natijada fransiyalik futbolchi qulog`ining bir qismidan ayrildi. U shu zahoti zaxiraga olindi.

Xabarda qayd etilishicha, yaqin orada Menez jarroh stoliga yotadi. Futbolchining tiklanish muddati keyinroq ma`lum qilinadi.





