Hukumatning "Ko`p kvartirali uylarning erto`la qismlaridan foydalanish to`g`risida"gi qaroriga ko`ra, ko`p kvartirali uyning erto`lasida quyidagi faoliyat turlari bilan shug`ullanishga yo`l qo`yilmaydi:
- ️uyni qurishda o`tiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;
- kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli bo`lgan boshqa moddalar va materiallar bor bo`lgan mahsulotlarni sotuvchi do`konlar;
- o`z ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qo`llovchi kimyoviy tozalash xonalari;
- 10 tadan ortiq ish o`rniga ega bo`lgan poyabzal tikish va ta`mirlash ustaxonalari;
- hammomlar va saunalar;
- aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan so`zlashuv punktlari va telegraf;
- jamoat hojatxonalari;
- marosimlar bilan bog`liq xizmatlar ko`rsatish muassasalari;
- sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;
- uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki ko`paytirishga mo`ljallangan joylar;
- jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyixa asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);
- yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.






