Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar Turkiyaning "Baykar" kompaniyasi Ukrainada "Bayraktar" zarba beruvchi uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqaradigan zavod qurishini ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, "Baykar" allaqachon Ukrainada kompaniya tuzib, qurilish uchun er uchastkasi olgan va bir hafta oldin hukumat ikki tomonlama kelishuvni ma`qullab, uni ratifikasiya qilish uchun parlamentga yuborgan.
"Ukrainada ishlab chiqarish kompaniya egalarining deyarli shaxsiy majburiyati edi", deb ta`kidladi Bodnar.
Elchining qo`shimcha qilishicha, Ukrainada Bayraktar ishlab chiqarishga dvigatel, g`ildirak va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi ukrainalik kompaniyalar jalb qilinadi.
Iyul oyida "Baykar" Vladimir Putinning Rossiyada uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqaradigan zavod qurish taklifini rad etgan edi. Kompaniyaning direktori va hammuallifi Turkiya prezidentining kuyovi Selchuk Bayraktardir.
18 iyul kuni "Baykar" ijrochi direktori Haluk Bayraktar CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukrainani suverenitet va mustaqillik uchun kurashida qo`llab-quvvatlashini va uchuvchisiz uchoqlarining Rossiyaga sotilishiga hech qachon ruxsat bermasligini aytgan.






