Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.I. “Ko`chkak” qishlog`i hududidan aholiga dehqon xo`jaligi uchun ajratilgan 16 sotix er maydonini fuqaro A.ga 105 mln so`mga sotishga kelishib, er maydoni hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va`da qilib, oldindan 10 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.
Shu kabi, Departamentning Baxmal tuman bo`limi tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.B. Baxmal tumani hududida dam olish maskani qurish uchun ajratilgan 60 sotix er maydonining 20 sotixini boshqa bir fuqaro F.ga firibgarlik yo`li bilan 12 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






