AsosiyJamiyat

Namanganda mast haydovchining ustidan kulgan YPX xodimlariga nisbatan tekshiruv tayinlandi

'Namanganda mast haydovchining ustidan kulgan YPX xodimlariga nisbatan tekshiruv tayinlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda  YPX xodimlari mast haydovchining ustidan kulishgani aks etgan video tarqaldi. 

 

Viloyat IIB tomonidan holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Ta`kidlanishicha, 2022 yil 29 iyul kuni To`raqo`rg`on tumaniga xizmatga jalb etilgan Namangan viloyati IIB JXX YHXB 2-safarbar guruhi inspektorlari soat 10:00 lar chamasida "VAZ-2106" rusumli avtomashinani to`xtatib tekshirganda, haydovchi spirtli ichimlik ta`sirida avtomashina boshqarib kelayotganligi aniqlangan. Avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Videotasvirda aks etgan xodimlarning fuqaro oldidagi xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganligi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar