Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va "Duvenbeck Kraftverkehr" tashkiloti fuqarolarni dual tizimida (o`qish va ishlash) yirik yuk mashinasi haydovchi ("SE" haydovchilik guvohnomasi) yo`nalishi uchun 2023 yilda boshlanadigan tayyorlash kursiga taklif qiladi.
Loyihaning afzalliklari:
– oylik stipendiya - 810 € dan boshlab;
–"Ausbildung"dan so`ng uch yillik mehnat shartnomasi;
– O`zbekistondan Germaniyaga borish xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
– keyinchalik oilaviy ko`chib borish uchun ko`maklashiladi.
Nomzodlarga talablar:
1. Yosh chegarasi - 27 yosh;
2. Nemis tilida muloqot qila olish (Gyote institutining V1 sertifikati);
3. O`rta maxsus ta`limni tugatganlik to`g`risidagi hujjat.
Nomzodlardan quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro`yxatdan o`tish so`raladi:
1. Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
2. Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (V1 daraja, pdf shaklda).
3. Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Ro`yxatdan o`tish.
Qo`shimcha ma`lumot uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz so`raladi.
Muhim: Nemis tilidan A2 daraja sertifikati bor fuqarolar ham ro`yxatdan o`tishi mumkin, lekin ular keyinchalik V1 sertifikatini taqdim qilishi lozim.






