AsosiyJamiyat

Yosh bolalarni o`qitish va tarbiyalashga bo`lgan sadoqati tufayli O`zbekiston bu sohada "Jahon chempionlaridan biri" bo`ldi - YuNESKO

'Yosh bolalarni o`qitish va tarbiyalashga bo`lgan sadoqati tufayli O`zbekiston bu sohada "Jahon chempionlaridan biri" bo`ldi - YuNESKO'ning rasmi

Kuni kecha Maktabgacha ta`lim vazirligida soha mas`ullari ishtirokida 2022 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi.

Matbuot anjumanida II Butunjahon konferensiyasi haqida ma`lumotlar ham e`lon qilinib, quyidagilar:

-YuNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasida qabul qilingan hamda 18,25,33 va 37-sessiyalarida takomillashtirilgan “YuNESKOning uchrashuvlar turkumlari va umumiy klassifikasiyasi to`g`risidagi qonuni”ga ko`ra, ushbu yig`ilish ikkinchi turkumga mansubligi;

-yig`ilishning maqsadi a`zo davlatlarning kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta`limiga ziyoli jamiyat qurish va muntazam rivojlanish strategiyalarining muhim qismi sifatida qarovchi yangilangan siyosiy qarashlarini takomillashtirish va sarmoyalarini oshirilishi;

“Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta`limi bo`yicha butunjahon konferensiyasi”ning milliy va mahalliy tayyorlov jarayoniga asoslangan holda strategiyalar, sheriklik, mablag`lar va bu masalada o`rnak ko`rsatayotgan tashkilotlar haqidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi “Kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta`limi bo`yicha Toshkent harakatlar dasturi”ni qabul qilish rejalashtirilayotganligi;

U 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlari 4.2 ga etish va BRMning kichik yoshdagi bolalar bilan bog`liq boshqa maqsadlariga erishishga xizmat qilishi;

Xulosalovchi hujjat konferensiyaning “Kuchli poydevor sari: kichik yoshdagi bolalarning sifatli tarbiyasi va ta`limi bo`yicha rivojlanishlar va mavjud qiyinchiliklar” nomli ma`lumotnoma hisobotiga, konferensiya arafasida tashkil qilinadigan mahalliy uchrashuvlar va ko`p sonli maslahatlashuvlar natijasiga asoslanishi;

Xulosalovchi hujjatning yakuniy varianti tegishli tomonlar, xususan, YuNESKOga a`zo davlatlar va taraqqiyot bo`yicha asosiy hamkor agentliklardan iborat loyihalash guruhi tomonidan tasdiqlanishi ma`lum qilindi.

Shu bilan birgalikda, ijrochi kengash tomonidan qabul qilingan tegishli qarorga muvofiq, yig`ilish qatnashuvchilari a`zo davlatlar hamda hamkor davlatlar vakillaridan iborat bo`ladi. Shuningdek, a`zo bo`lmagan davlatlar, YuNESKO o`zaro a`zolik kelishuvlarini yakunlagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi muassasalarning vakillari, xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari hamda boshqa nodavlat tashkilotlari va tizimlari, jamg`armalar, ikki tomonlama muassasalar va shu kabi institutlar yig`ilishga kuzatuvchi sifatida taklif qilinadi.

Umumiy qatnashuvchilar soni vakillar, kuzatuvchilar va YuNESKO Kotibiyati a`zolari va onlayn qatnashuvchilar bilan birgalikda 1500 tani tashkil etishi va onlayn orqali 500 nafar ishtirokchilar ham kuzatishi kutilmoqda.

Ushbu matbuot anjumanida YuNESKO Bosh qarorgohining Uzluksiz ta`lim siyosati va tizimlari bo`limi direktori Borxen Chakrun va YuNESKO Bosh qarorgohining Erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish dasturi mutaxassisi Roxaya Diavaralar ishtirok etdi.

Yuneskoning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston Jahon konferensiyasini o`tkazadigan mamlakat sifatida tanlandi, so`nggi 12 yil ichida ketma-ket ikkinchi va birinchi bo`lib, erta rivojlanish sohasidagi muvaffaqiyatlar, mamlakat rahbariyatining yosh bolalarni o`qitish va tarbiyalashga bo`lgan sadoqati tufayli O`zbekiston bu sohada "Jahon chempionlaridan biri" bo`ldi deb e`lon qilindi.

Ma`lumot uchun: 2010 yil 27-29 sentyabr kunlari Moskvada YuNESKOning Birinchi ilk yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish va ta`lim bo`yicha Butunjahon  konferensiyasi bo`lib o`tgan, uch kun davomida uning ishtirokchilari butun dunyo bo`ylab bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning dolzarb masalalarini muhokama qilishgan.

"Konferensiyaning asosiy maqsadi - barcha bolalarni, shu jumladan, kam ta`minlangan qatlamlar va jamiyatning ijtimoiy kam ta`minlangan tarmoqlari uchun barcha bolalar uchun rivojlanish va o`rganish sohasida qulay boshlang`ich imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan erta bolalikni parvarish qilish va ta`lim sohasidagi siyosatni ishlab chiqishdir", deyildi YuNESKO bayonotida.

    Boshqa yangiliklar