Senatning yigirma ettinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash masalasi ko`rib chiqildi.
Majlisda senatorlar nomzodga sud tizimidagi yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo`lgan ishlar haqida o`z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Muhokamalar yakunida Kozimdjan Fazilovich Kamilov sudyalik lavozimida bo`lishning muddatsiz davriga, besh yil muddatga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi lavozimiga saylandi va Senatning tegishli qarori qabul qilindi.






