Davlat soliq qo`mitasi Raisi Sherzod Kudbiev Rossiya Federasiyasining istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi – “SRPT” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Mixail Dubin bilan uchrashuv o`tkazdi.
Unda raqamli markirovkalashni joriy etish loyihasi doirasida erishilgan natijalar ko`rib chiqildi va amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda M.Dubin O`zbekiston raqamli markirovkalash loyihasini amalga oshirayotgan davlatlar o`rtasida tizimni joriy qilish sur`atlari bo`yicha shubhasiz etakchi va boshqa mamlakatlarga o`rnak bo`layotganini ta`kidladi.
Shuningdek, u Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko`rgazmasida Davlat soliq qo`mitasining raqamli markirovkalashni joriy etish tajribasi alohida sessiyada namoyish etilishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida kelgusida qo`shma tadbirlar, shu jumladan, raqamli markirovkalanadigan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.






