AsosiyJamiyat

Surxondaryoda xorijiy kredit liniyasi mablag`ini qo`lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi

'Surxondaryoda xorijiy kredit liniyasi mablag`ini qo`lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Termiz tumanida xorijiy kredit liniyasi mablag`ini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

 Departamentning Termiz tuman bo`limi tomonidan “O`zsanoatqurilishbank” ATBining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.S.U.” MChJ rahbari G`.R. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) Xitoy davlatining “SH.B&R.” kompaniyasidan haqiqiy bahosi 40 ming AQSh dollari bo`lgan avtoklavny gazobeton ishlab chiqarish uskunasini go`yoki 300 ming AQSh dollariga sotib olishga kelishib, bankdan ajratilgan 260 ming AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli xorijiy kredit liniyasi mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar