Turizm vaziri, uning yangi tayinlangan o`rinbosarlari, viloyat hokimlari va turizm bo`yicha muovinlari oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri - turizm sohasida pandemiyagacha bo`lgan ko`rsatkichlarni tiklash ekani ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.
Turizm va unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish o`rinlari yaratish vazifasi qo`yildi.
Buning uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda turistlar uchun jozibador bo`lgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyihani boshlash zarur.
Misol uchun, Namanganda ishga tushirilgan “Afsonalar vodiysi”, Bo`stonliqda “Amirsoy majmuasi”da ham bolalar uchun, ham kattalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo`lib, kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar kelmoqda.
Bunday yirik loyihalarni qo`shni davlatlar uchun qulay bo`lgan Andijon, Toshkent viloyati, Qashqadaryo va Xorazmda barpo etish uchun barcha imkoniyatlar etarli.






