AsosiySport

Kamonchilarimiz Jahon kubogida kuchli o`nlikdan joy olishdi

'Kamonchilarimiz Jahon kubogida kuchli o`nlikdan joy olishdi'ning rasmi

Turkiyada kamondan otish bo`yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi bo`lib o`tdi. O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasining ma`lum qilishicha, Antalya shahrida o`tgan musobaqa hamyurtlarimiz uchun esda qolarli taassurotlar bilan yakunlandi.

100 nafardan ortiq sportchi g`oliblik uchun kurash olib borgan erkaklar o`rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Chen Yao Yuy xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. Terma jamoamizning yana bir vakili Amirxon Sodiqov esa to`qqizinchi pog`onadan joy oldi. Qayd etish joiz, Sodiqov hozirda jahon reytingida 73-pog`onani egallab turibdi. Musobaqaning ayollar o`rtasidagi natijalariga to`xtaladigan bo`lsak, Ziyodaxon Abdusattorova 88 sportchi orasida 33-natijani qayd etdi.

Kamondan otish bo`yicha Jahon kubogi bellashuvlari 4 bosqichdan iborat bo`lib, ikkinchi bosqich 16-22 may kunlari Shanxay, uchinchi bosqich 20-26 iyun kunlari Parij, yakuniy bosqich 18-24 iyul oralig`ida Medelin shaharlarida o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar