Rossiya tashqi ishlar vazirligi Germaniyaning mamlakatdagi elchixonasining 40 nafar xodimini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu Germaniya tomonidan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishiga nisbatan javob hisoblanadi.
Avvalroq, 4 aprel kuni Germaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning 40 nafar diplomati mamlakatdan chiqarib yuborilishini e`lon qilgandi.






