AsosiyJamiyat

Samarqandda qariyb 8 ming dollarlik kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

'Samarqandda qariyb 8 ming dollarlik kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Samarqand shahar “Chashma” MFY hududida joylashgan mehmonxonada tezkor tadbir o`tkazdi

Unda  fuqarolar R.M. va B.A.lar 4 892 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini jami 7 900 AQSh dollariga sotishga kelishib, 7 500 AQSh dollari va 4,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini resept bo`yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar