"Monako" yarim himoyachisi Sesk Fabregas joriy mavsum so`nggida professional faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda GFFN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ispaniyalik futbolchi klub o`rinbosarlari safida jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini o`tkazib yuboradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi yozda yakunlanadi.
Shu sababli Fabregas yozda butsalarini mixga ilmoqchi. U boshqa klublardan tushadigan takliflarni ko`rib chiqmoqchi emas.
Eslatib o`tamiz, Sesk Fabregas faoiliyati davomida "Arsenal", "Barselona" va "Chelsi" klublarida to`p surgan.






