Viloyati IIB YHXB hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea 14 aprel kuni Angor tumani hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lida sodir bo`lgan.
Angor-Jarqo`rg`on yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan "Nexia 3" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishda kelayotgan yana bir "Nexia 3" bilan to`qnashadi. Natijada mashinalar birida yong`in yuzaga kelgan. Yo`lovchilardan 23 yoshli erkak, shu yoshdagi ayol hamda haydovchi og`ir tan jarohati olib shu joyning o`zida vafot etgan.
Avtohalokat sabablari o`rganilganida har ikki haydovchining guvohnoma olganiga hali 3 yil bo`lmagani aniqlangan.






