Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Minsk – Toshkent HY-710 reysi yo`nalishi bo`yicha harakatlangan A320 havo kemasi Toshkent vaqti bilan 01.26 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga muvaffaqiyatli qo`nishni amalga oshirdi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" matbuot xizmati xabar qildi.
Eslatib o`tamiz, bir muddat avval Minskdan Toshkentga uchgan samolyot minalangani aytildi va bu xabar "Uzbekistan Airways" tomonidan rad etildi.






